19:20 / 23.12.2020
6827

«O‘zbekneftgaz»: O‘zbekistonda 11ta yangi tabiiy gaz qudug‘i ochilib, qazib chiqarish hajmi sezilarli oshdi

Ustyurt platosida 3 ta, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 4 tadan quduq ochilishi natijasida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli oshdi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, tabiiy gaz qazib chiqarish va uni qayta ishlash borasida bir qator ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, tabiiy gaz qazib chiqarish konlari va quduqlarini ochish va ulardan samarali foydalanish uchun qilingan ishlar o‘z samarasini berib, Ustyurt platosi, Qashqadaryo va Buxoro viloyati hududidan 11 ta tabiiy gaz qudug‘i ochildi.

«O‘zbekneftgaz» AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan «Sharqiy Berdaq» konidagi 47-sonli quduqda o‘zlashtirish natijasida kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati; Mo‘ynoqdagi «Uchsoy» tabiiy ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan «Sharqiy Berdaq» gaz kondensat konidagi 82-sonli quduqda kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ustyurtdagi «Shimoliy Berdaq» gaz kondensat konidagi 64-sonli quduq olib borilgan burg‘ilash ishlari natijasida esa, kunlik 210 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilyapti.

Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Alan» gaz kondensat konidagi №210 sonli quduqda burg‘ilash ishlari natijasida, kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,9 tonna gaz kondensati; «Janubiy Kemachi» konidagi 113-sonli quduqdan esa kunlik 57 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,6 tonna gaz kondensati; «Zevarda» gaz kondensat konidagi 313-sonli quduqdan 80 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

«Andakli» konidagi 5-sonli qidiruv qudug‘ida Yura qatlamining neft va gazga istiqbolligini o‘rganish maqsadida burg‘ilash ishlari boshlangan edi. Quduqni sinash jarayonida 2464–2459 metr oralig‘idan (Yura davri terrigen yotqiziqlarining XVII qatlami) perforatsiya ishlari natijasida tabiiy gazning kunlik debiti 16 mm shtutserda 426,5 ming kub metrni va 34,1 kub metr gaz kondensatini tashkil qildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Janubiy tandircha» gaz kondensat konidagi 60-sonli quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati, qazib chiqarilishiga erishildi.

Bundan tashqari, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan aynan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida bir qator geologo-texnik tadbirlar amalga oshirildi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Qulbeshkak» gaz kondensat konidagi 51-sonli quduqni o‘zlashtirish natijasida kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati «Doyaxotin» gaz kondensat konidagi 84-sonli quduqdan kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati, «Hojiqazg‘on» konidagi 51-sonli quduqda kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

2020 yilning sentabr oyidan boshlab bugungi kunga qadar «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 42 ta yangi quduqlarni burg‘ilab ishga qo‘shildi, 193 ta mavjud quduqlarda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini bajarildi, 15 texnologik obektlarni qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi.

Tabiiy gaz siqilishlarini va gaz qarshiligini oldini olish, quduqlardan tabiiy gazni qazib olishni bir maromida olib borish uchun 23,2 km har xil turdagi gaz quvurlari qurib ishlatishga topshirildi.

Gaz qazib olish konlaridagi siquv kompressor stansiyalarini barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, gaz turbinali dvigatellarni kapital ta’mirlash ishlarini olib borish uchun «KMPO» va «Motor Sich» zavodlaridan kapital ta’mirlashdan 5 dona dvigatellar olib kelindi va ishlatishga topshirildi. Kuz-qish mavsumida kompressor stansiyalarini barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 15 ta gaz haydash agregatlarida reglament va yuvish ishlari amalga oshirildi.

Uchqir siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi, kunlik 1,0 mln kub metr tabiiy gaz qazib olish oshirishga erishildi. Bugungi kunda quduqlar fondi bilan ishlash va optimizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Buning natijasida sentabr oyidan boshlab kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari 89,7 mln kub metrdan 92,5 mln kub metrgacha oshirishga erishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top