19:32 / 23.12.2020
30223

UzAuto yanvar oyida Asaka zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qildi

UzAuto 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qildi. Kompaniyaning bildirishicha, bu yangi sifat standartlarini joriy qilish bilan bog‘langan.

Foto: Askar Yakubov

Ta'kidlanishicha, sifat standartlariga bo‘lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita ta'sir qiladi, shu sababli ishlab chiqarishda zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir vaqtda, respublikaning barcha hududlaridagi Chevrolet dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog‘ini Chevrolet brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi. 

Kompaniyada ta'kidlanishicha, dilerlik tarmog‘i tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati ham oshiriladi, yuqori darajadagi kafolatlangan xizmat joriy etiladi. 

Ushbu o‘zgarishlarning barchasi 2021 yilga rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan asosiy maqsad Chevrolet xaridorlari avtomobilni vakolatli dilerlardan sotib olishlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonidan qoniqish hosil qilishlaridan iborat.

Top