14:23 / 24.12.2020
19598

Atamboyevning salomatligi yomonlashgani ma'lum qilindi

Avvalroq Atamboyevning advokatlari unda qon bosimi pasayib ketishi kuzatilayotganini aytishgandi.

Foto: Akipress

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev salomatligi yomonlashgani sababli davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan shifoxonaga o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda qo‘mita rahbari Qamchibek Tashiyev ma'lum qildi.

“Atamboyevning salomatligi unchalik yaxshimas. Agarda yaxshilanmasa, uni shifoxonaga o‘tkazamiz”, — dedi Tashiyev.

 Avvalroq Atamboyevning advokatlari unda qon bosimi pasayib ketishi kuzatilayotganini aytishgandi.

23 iyunda Almazbek Atamboyev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha 11 yil ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Atamboyev Qirg‘izistonda oktyabr boshida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar vaqtida tergov izolyatoridan ozod qilingandi. Biroq 10 oktyabrdayoq siyosatchi maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan ushlanib, yana panjara ortiga jo‘natilgan.

30 noyabr kuni Oliy sud Batukayevning noqonuniy ozod etilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ikkita quyi instansiyaning hukmlarini bekor qildi va uni qaytadan ko‘rib chiqish uchun Bishkekning Pervomayskiy rayoni sudiga yubordi.

 

Mavzuga oid
Top