13:49 / 26.12.2020
2404

Control Union: mahsulotingizni biz bilan eksportga tayyorlang!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorga olib chiqish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Bu hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda ham o‘z aksini topmoqda. Xo‘sh, o‘zi yetishtirgan mahsulotini eksport qilishi uchun tadbirkor nimalarga e'tibor berishi kerak? Albatta, birinchi navbatda bozorga sifatli va raqobatbardosh mahsulot taqdim etishga harakat qilishi kerak. Lekin tashqi bozorda iste'molchilar nafaqat mahsulot sifatiga, balki uning yetishtirilish jarayoniga ham katta e'tibor berishadi. Bunda mahsulot qaysi standartlarga javob berishini ko‘rsatuvchi hujjatlar muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonda 1998 yildan faoliyat yuritib kelayotgan Control Union Central Asia tashkiloti qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati va xavfsizlik ko‘rsatkichlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini o‘rganib kelmoqda. Ushbu korxona Control Union Certifications (CUC) (The Netherlands) tashkilotining O‘zbekistondagi mahalliy ofisi hisoblanadi. Control Union Central Asia korxonasi TLR Laboratories ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining texnik ko‘magida bir qator korxonalarni Global G.A.P.., EU Organic, USDA Organic standartlariga muvofiqligini tekshirdi.

Birinchilardan bo‘lib, «Mehrigiyo» xususiy korxonasi USDA Organic va EU Organic muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Namangan viloyatida kaperslarni yig‘ish va qadoqlash bilan shug‘ullanadigan «Baraka Meva Sanoat Servis» korxonasi EU Organic sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Tabiatga zarar keltirmasdan, ya'ni kimyoviy ishlovlarsiz organik paxta yetishtiradigan «Kamalak Shabnam Teks» ham EU Organic sertifikatiga loyiq deb topildi. «Red Star Oxus» va «UzAgroLider» korxonalari esa Global G.A.P standart talablari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishdi.

Control Union Central Asia faoliyatining keyingi bosqichida O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar Global Organic Textile Standart (GOTS) tekstil standartlariga javob berishini tekshirishni rejalashtirgan. Ushbu standart mahsulotni tayyorlashda nafaqat organik xomashyodan foydalanganlik, balki ijtimoiy talablarga (atrof-muhitni zararlanishi, diskriminatsiya, bolalar va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi) rioya qilinganligini ham tekshiradi. Bu o‘z navbatida o‘zbek paxtasiga bo‘lgan ishonchni va uning jahon bozoridagi mavqeyini oshirishga xizmat qiladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha muvofiqlik sertifikatlari yurtimizda yetishtirilgan mahsulotlarni AQSh va Yevropa bozoriga olib chiqishga va eksport bozorini yanada kengroq qamrab olishga yordam beradi.

Aloqa uchun telefon raqamlari:

+998 99 9895995

+998 90 8083554

+998 90 9120601

Veb sayt: controlunion.uz

Reklama huquqi asosida

Top