14:33 / 26.12.2020
7802

Uzbekistan Airways Turkiyaga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilarga maxsus ma'lumot bilan chiqdi 

28 dekabrdan Turkiyaga tashrif buyurayotgan fuqarolar uchun yangilangan talablar kuchga kirmoqda. Uzbekistan Airways Turkiyaga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi chet eldan Turkiyaga tashrif buyurayotgan aviayo‘lovchilar 28 dekabrdan boshlab koronavirus uchun PZR SARS-COV-2 usuli bilan Turkiya chegarasini kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin topshirilgan test natijalari ma'lumotnomasini majburiy ravishda taqdim etishlari lozimligini e'lon qildi.

PZR SARS-COV-2’ga manfiy natijali PZR testni taqdim etmagan yo‘lovchilar chegarani kesib o‘tishda ko‘rsatilgan (uy, mehmonxona va boshqa) manzil bo‘yicha 7 kunlik karantinga olinadi. Turkiyadagi yashash manzilini ko‘rsatmagan shaxslar Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan joylarga joylashtiriladi.

7 kunlik karantindan so‘ng SARS-COV-2’ga PZR testi musbat natija bergan yo‘lovchilar Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining COVID-19 amaldagi talablari asosida davolanadilar.

Ta'kidlanishicha, mazkur choralar 2021 yilning 1 martiga qadar amal qiladi.

Top