19:49 / 26.12.2020
6401

Yaponiya yanvar oxirigacha yopilmoqda

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Yaponiyada ham topilgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Norixisa Tamura ma'lum qildi.

Foto: Kyodo

Yaponiya dunyoning barcha davlatlari va hududlaridan mamlakatga kirishga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Faqat yaponiyaliklar va Yaponiya hududida yashash ruxsatnomasini olgan xorijliklar uchun istisno qilinadi.

Kyodo agentligi xabariga ko‘ra, ushbu chora 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yilning yanvari oxirigacha amal qiladi.

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Yaponiyada ham topilgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Norixisa Tamura ma'lum qildi.

Koronavirusning yangi turi Yaponiyaning besh nafar fuqarosida aniqlangan. Ularning barchasi mamlakatga Buyuk Britaniyadan kelgan.

Dekabr o‘rtalarida Angliya sharqida koronavirusning yangi turi tarqalayotgani xabar qilingandi. U avvalgisiga nisbatan 70 foizga yuqumliroq hisoblanadi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top