17:34 / 26.12.2020
4996

Yevroittifoqning barcha mamlakatlariga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berildi

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenning ma'lum qilishicha,  27 dekabrda butun Yevroittifoq bo‘yicha vaksinatsiya boshlanadi.

Foto: AFP/Getty Images

Yevropa ittifoqining barcha mamlakatlari koronavirusga qarshi vaksina oldi, deb ma'lum qildi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.

"Bugun og‘ir yil sahifasini o‘giramiz. Koronavirusga qarshi vaksina YeIning barcha mamlakatlariga yetkazib berildi. Ertaga butun Yevroittifoq bo‘yicha vaksinatsiya boshlanadi", - deb yozdi u tvitterda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, YeIning barcha mamlakatlari vaksinaga bir vaqtda ega bo‘lgan.

Fon der Lyayyen shu bilan birga, yevropaliklarni ehtiyotkorlikka va o‘zlarini himoya qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlash 14 dekabrda boshlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top