20:04 / 30.12.2020
14607

Lisoniy tahlil: prezident murojaatnomasida qaysi sohalarga ko‘proq e'tibor qaratdi?

Prezidentning parlamentga murojaatnomasida yoshlar, ta'lim va pandemiya so‘zlari ko‘p tilga olingan. Nutqning 41 foizi iqtisodiyot va uning tarkibiy islohotlariga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari prezidentning parlamentga murojaati bo‘yicha lingvistik va kontent tahlilni amalga oshirishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston rahbari o‘z murojaatnomasida jami 3576 xil so‘zdan foydalangan. Nutqda eng ko‘p e'tibor qaratilgan yo‘nalishlar – yoshlar, ta'lim va pandemiya bo‘lgan. Murojaatda yoshlar masalasiga 44, ta'limga 32, pandemiya va unga bog‘liq masalalarga 25 marta urg‘u berilgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, nutqdagi 41 foiz urg‘u iqtisodiyotni rivojlantirish va liberalizatsiya qilish sohasiga yo‘naltirilgan.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir masalalar ma'ruzaning 28 foizini qamrab olgan. Bundan tashqari, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga taalluqli masalalar umumiy murojaatning 15 foizini tashkil etgan.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, muvozanatli tashqi siyosatni amalga oshirish kabi masalalar nutqning 10 foizini egallagan.

Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish esa 6 foizni tashkil etgan.

Murojaatnomada jami 41ta soha qamrab olingan. Shundan aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga 7 foiz, sog‘liqni saqlashga 7 foiz va infratuzilma yo‘nalishlariga 6 foiz hisobda e'tibor qaratilgan.

Mavzuga oid
Top