17:38 / 01.01.2021
6818

Norvegiya Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda

Norvegiya Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi o‘tgan yilning 21 dekabridan Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

Foto: IZVeSTIYa

Norvegiya Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqda va 2 yanvardan parvozlarni tiklaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Norvegiyaga koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyat kuzatilayotgan mamlakatlardan kelganlar koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanligi to‘g‘risidagi ma'lumotni taqdim etishlari lozim.

Bundan tashqari, Norvegiyada o‘z yashash joyi bo‘lmaganlar mamlakatga kelganidan so‘ng mehmonxonada 10 kun karantinda o‘tirishi kerak bo‘ladi.

Norvegiya Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi o‘tgan yilning 21 dekabridan Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

Bunga Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlangani sabab bo‘lgan. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus 70 foizga yuqumlidir.

Mavzuga oid
Top