22:50 / 01.01.2021
30695

Rimda bayram mushakbozligi yuzlab qushlarning o‘limiga sabab bo‘ldi

Ayniqsa, Termini stansiyasi, Via Natsionale markaziy ko‘chasi va Eskvilin tepaligi qushlarning jasadlari bilan to‘lib ketgan.

Foto: sotsseti

Rimda yangi yil mushakbozligi oqibatida yuzlab qushlar halok bo‘ldi, deb yozmoqda Corriere della Sera.

Mahalliy aholi ko‘chalar, yo‘laklar va uylarning ayvonlarida yotgan qushlarning jasadlari aks etgan foto va videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan.

Ayniqsa, Termini stansiyasi, Via Natsionale markaziy ko‘chasi va Eskvilin tepaligi qushlarning jasadlari bilan to‘lib ketgan.

Odamlarning yozishlaricha, ular yarim tunda mushakbozlik boshlanganidan keyin kuchli gumburlash ovozlaridan cho‘chigan qushlarning jasadlaridan iborat "yomg‘ir"ga guvoh bo‘lishgan.

Top