17:11 / 05.01.2021
16726

Uzbekistan Airways uchinchi Airbus A320 Neo samolyotini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways kompaniyasi 31 dekabr kuni yangi Airbus A320 Neo samolyotini qabul qilib oldi.

Kompaniya vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 150 o‘ringa mo‘ljallangan bu zamonaviy samolyot kompaniya xarid qilgan 12-Airbus hisoblanadi. Mazkur xarid 2018 yilda tuzilgan shartnoma va to‘lov asosida amalga oshirilgan.

12 samolyotdan uchtasi Neo rusumida bo‘lib, ularning har biri multimedia tizimi va internet bilan jihozlangan. Bu samolyotlar oldingi avlod vakillariga nisbatan 20 foizga kamxarajat, shuningdek parvoz masofasi ham 6 ming kilometrga yetadi.

Uzbekistan Airways kompaniyasi Airbus A320 Neo samolyotlarining ikkitasini 2019 yilda qabul qilib olgan.

Top