11:06 / 05.01.2021
10712

Xorazmda bir oila is gazidan zaharlandi, ona va uning 10 yoshli qizi vafot etgan

Joriy yilning 4 yanvar kuni soat 19:30da Xorazm viloyati Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga hududning Bog‘ot shaharchasi “Hurriyat” mahallasida yashaydigan 1989 yilda tug‘ilgan E.J.ning oila a'zolari olib kelingan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, dastlabki tekshiruvlar natijasida ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Yosh oila xonadon sohibi E. J. va uning turmush o‘rtog‘i P.D. 1989 yilda tug‘ilgan. Ularning qizi B.Ch. 2011 yilda, o‘g‘li B.B. 2013 yilda tug‘ilgan. Tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinganda P.D. hamda uning qizi B.Ch.da biologik o‘lim aniqlangan.

Ayni paytda xonadon sohibi E. J. va o‘g‘li B.B.da is gazidan o‘tkir zaharlanish miya shishi koma holati aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiqlik qozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top