18:00 / 07.01.2021
4309

2021 yilda sayohatlarni «TUI UZBEKISTAN» bilan boshlang!

«Biz insonlarni yanada baxtliroq qiluvchi hordiq yaratamiz!»

Mana, 2021 yilni ham yaxshi niyatlar va katta rejalar bilan qarshi oldik. Pandemiya, shubhasiz, barcha davlatlarning turizm sanoati rivojiga sezilarli ta'sirini o‘tkazdi. Ko‘plab sayohatlar, biznes-turlar, xalqaro parvozlarni bekor qilishga to‘g‘ri keldi. Biroq turizm sohasi bunday og‘ir vaziyatda bir yerda to‘xtab qolmay, karantin davri shart-sharoitlariga moslashgan holda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Yangi yilda yangidan yangi sayohatlarni rejalashtirdingizmi? U holda sizlarga ajoyib va foydali xabarni ma'lum qilamiz: taniqli TUI Central Asia kompaniyasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston bozorlariga kirib keldi va poytaxtda «TUI Uzbekistan» turoperatorlik kompaniyasini tashkil etdi. 2021 yilning yanvarida esa mamlakatimizda TUI Uzbekistan o‘zining birinchi savdo ofisi - TUI turagentligini ochmoqda. TUI turagentligining ochilishi munosabati bilan 13-16 yanvar kunlari ilk mijozlari uchun 3 foiz chegirma e'lon qiladi. Shoshiling, qulay fursatdan unumli foydalaning!

TUI Central Asia - TUI Russia & CIS yirik sayyohlik holdingiga tegishli bo‘lgan yetakchi turistik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidagi 2000dan ortiq agentliklar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, sayohatchilar uchun dunyoning turli mamlakatlariga unutilmas turlarni taqdim etadi.

Kompaniya o‘z mijozlariga har tomonlama xavfsiz, qiziqarli va eng muhimi, yoqimli narxlardagi sayohatlarni taklif etadi. Endilikda siz «TUI Uzbekistan» orqali Turkiya, Misr, BAA, Maldiv orollari, Tayland, Yevropa mamlakatlari va dunyoning boshqa ko‘plab davlatlariga ekskursion va dam olish tur-sayohatlarini amalga oshirishingiz mumkin.

Oilaviy unutilmas sayohatlarni «TUI Uzbekistan» bilan boshlang!

TUI – mijozlarning sifatli oilaviy hordiq uchun birinchi raqamli tanlovi!

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani,  Ts1, Shastri ko‘chasi, 26-uy, 21-xonadon, TUI UZBEKISTAN idorasi

Turlarni ushbu raqam orqali bron qilish mumkin: +998 93 535 08 69

Telegram: t.me/tuiuzbekistan

Instagram: @tui_uzb

Reklama huquqi asosida

Top