18:06 / 07.01.2021
16618

Iroq sudi Donald Trampni hibsga olishga order berdi

Orderda ta'kidlanishicha, gap qasddan qilingan qotillik haqida bormoqda. Iroq qonunchiligiga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun o‘lim jazosi belgilangan.

Foto: Cheriss May / Reuters

Al-Hashd ash-Shaabi guruhi yetakchisining o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandisning o‘limi bo‘yicha ishni o‘rganib chiqqan Bag‘dod sudi AQSh prezidenti Donald Trampni hibsga olishga order berdi. AQSh prezidenti 2020 yil yanvarda Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini tashkil etganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi AP.

 Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvarda Bag‘dod aeroportida AQSh tomonidan berilgan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lgandi. General bilan birga uning yonida bo‘lgan bir necha nafar ofitser va al-Muhandis ham halok bo‘lgan. 

 Orderda ta'kidlanishicha, gap qasddan qilingan qotillik haqida bormoqda. Iroq qonunchiligiga ko‘ra, ushbu jinoyat uchun o‘lim jazosi belgilangan.

 Donald Tramp Bag‘dod aeroportiga berilgan aviazarbani izohlar ekan, halok bo‘lgan Eron generalini «dunyoning birinchi raqamli terrorchisi» deb atagandi. 

 Avvalroq Eron general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababli AQShning 48 nafar fuqarosi, jumladan, Donald Trampni xalqaro qidiruvga bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top