22:28 / 07.01.2021
8003

Trampni tartibsizliklardan ko‘ra Pensning Bayden g‘alabasini tan olishi ko‘proq tashvishga soldi – OAV

Senatning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jyeyms Inhofning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Maykl Pensdan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.

Foto: Alex Brandon/AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp kongressda yuz bergan tartibsizliklarda ko‘ra vitse-prezident Maykl Pens saylovda demokrat Jozef Baydenning g‘alabasini tan olishidan ko‘proq tashvishga tushdi. Bu haqda Oq uydagi manbalariga tayanib The Washington Post gazetasi xabar berdi.

 Payshanba kuni senat va kongress vakillar palatasining qo‘shma yig‘ilishida Jozef Bayden 3 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alaba qozonganligi tasdiqlandi. Vitse-prezident yig‘ilishga raislik qildi va demokratning g‘alabasi haqida e'lon qildi.

 Davlat rahbari Pensdan shunchalik darg‘azab bo‘ldiki, "sog‘lom fikrlay olmasdi", degan gazeta manbasi.

 "U Pensning xiyonatidan kuni bilan g‘azabda yurdi. Kun bo‘yi "Men uni odam qilgandim, uni siyosiy o‘limdan qutqarib qolgandim, u orqamdan pichoq urdi", degap so‘zlarni takrorladi”, - deb qo‘shib qo‘ygan manba.

 Senatning qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi va Pensning yaqin do‘sti Jyeyms Inhofning so‘zlariga ko‘ra, vitse-prezident Tramp undan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilganidan "qattiq siqilgan".

"Pensni hech qachon bunday holatda ko‘rmagandim", - degan senator.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQSh kongressiga bostirib kirishdi. Keyinroq kuch ishlatish tuzilmalari namoyishchilarni kongress binosidan siqib chiqarishdi.

Tartibsizliklar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top