15:34 / 08.01.2021
7959

Hujjat ustida ishlovchilar uchun «Davlat tilida ish yuritish» amaliy qo‘llanmasi lotin yozuvida nashr qilindi

8 yanvar kuni O‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Davlat tilida ish yuritish» amaliy qo‘llanmasining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qo‘llanma Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda tayyorlangan, – deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum bo‘lishicha, amaliy qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish jarayonida ko‘p ishlatiladigan hujjatlar hamda ularni tuzish qoidalariga urg‘u berilgan. Shuningdek, kitobda hujjatlar namunalar bilan ko‘rsatilib, u ish yuritishga oid lug‘atlar bilan to‘ldirilgan.

«Davlat tilida ish yuritish» qo‘llanmasi birinchi navbatda tashkilotlarning rahbar va xodimlari, shuningdek, hujjat ustida ishlovchilar uchun mo‘ljallangan.

«O‘zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasida 15 ming nusxada nashr qilingan qo‘llanma vazirlik–idoralar va hokimliklarga bepul taqdim etilmoqda. 

Top