14:40 / 09.01.2021
7479

Xitoydagi ikkita shahar aholisi bir hafta davomida uylaridan chiqmaslikka chaqirildi

Mazkur shaharlarda bir hafta ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 350ga yaqin holat aniqlangan bo‘lib, bundan 200ga yaqini simptomsiz bo‘lgan.

Koronavirus tarqalishi avj olgani sababli Xitoy hukumati Xebey provinsiyasidagi Shitszyachjuan va Sintay shaharlarida yashovchi aholini bir hafta davomida uylaridan chiqmaslikka chaqirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

 Agentlikning ma'lumot berishicha, mazkur shaharlarda bir hafta ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 350ga yaqin holat aniqlangan bo‘lib, bundan 200ga yaqini simptomsiz bo‘lgan.

Qayd etilishicha, cheklov choralari yaqin-atrofdagi qishloqlar aholisiga ham taalluqli. Shuningdek, hukumat ommaviy tadbirlar o‘tkazishni ham taqiqlagan.

Agentlikning yozishicha, Pekin ma'muriyati Xebey provinsiyasidan poytaxtga keladigan ishchilardan koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqani to‘g‘risida ma'lumotnoma talab qilmoqda.

Avvalroq Xebey poytaxti Shitszyachjuan shahri bilan avtobus, temir yo‘l va aviaqatnov noma'lum muddatga to‘xtatilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top