17:06 / 11.01.2021
21571

Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Samarqand tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Ma'lumotda aytilishicha, Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Ushbu tayinlovga qadar Dilfuza Azizova viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Top