20:00 / 11.01.2021
4644

O‘zbekistonda EducationApply.com xalqaro ta'lim platformasi ishga tushirildi

Oliy ta'lim turli fanlardan bilim va ko‘nikma berishdan tashqari, mustaqil fikrlay olishga ham o‘rgatishi lozim. Bu jarayonda netvorking alohida ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim sohasidagi EducationApply.com loyihasi ustidagi ishlar 2020 yilning mart oyida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi Sabina Patel tashabbusi bilan boshlangan.

Mazkur loyiha EducationApply.Expers konsalting tashkilotining xorijda ta'lim olish borasidagi yangi yo‘nalishidir.

2019 yilning sentyabr oyida asos solingan ushbu tashkilot, abituriyentlarga jahonning nufuzli ta'lim maskanlarida ta'lim olish imkonini beradi. Shu jumladan, bepul tarzda bilim olish  imkoniyati ham yaratiladi.

Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan birgalikda, talabalar va ta'lim sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar tomonidan jamlangan media-kontent asosida EducationApply.Media loyihasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu platformada dunyoning bir qator mamlakatlari oliy ta'lim maskanlari, kollejlari, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan va tayyorlov dasturlari haqida rus, o‘zbek va ingliz tillarida batafsil ma'lumot mujassamlashgan. Kelgusida saytning tillar turkumi yanada kengaytirilishi rejalashtirilgan.

EducationApply.com o‘zining qulay ish tizimi va talab etilayotgan ma'lumotni to‘laqonli yetkazib berishi bilan Sizni ta'lim maskanlarini izlashga ilhomlantiradi. Platforma yordamida Siz ta'lim maskanining rasmiy saytiga bog‘lanib, maxsus shakl asosida hujjatlaringizni topshirib, Sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lasiz. Platformadan foydalanish mutlaqo bepul.

Muxtasar qilib aytganda:

  • EducationApply.com – ta'lim dasturlarini bepul izlash platformasi.
  • EducationApply.Media – ta'limga bag‘ishlangan media-kontent.
  • EducationApply.Expers – maxsus hujjatlar borasida tavsiyalar va xizmatlarni taklif etuvchi konsalting tashkiloti.

Jamoamizda top-50 talikka kiruvchi yirik Yevropa universitetlaridan, shuningdek Ayvi ligasi xalqaro mutaxassislari faoliyat olib borishadi. Biz talabgorlar hujjatlarini sinchkovlik bilan tayyorlaymiz – har bir mutaxassis portfoliosida 100dan ziyod talabalikka qabul qilinganlik namunalari bor.

Xorijiy dasturlar bo‘yicha koordinatorlar Siz bilan doimo aloqada bo‘lib, Sizga ona tilingizda amaliy va texnik yordam ko‘rsatishadi.

Murojaat uchun:

+998(90) 111- 46-00

info@educationapply.com

www.educationapply.com

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top