16:37 / 11.01.2021
12290

Tanishi bilan salomlashish uchun mashinani yo‘lning o‘rtasida to‘xtatgan haydovchi jarimaga tortildi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida tasvirga tushirilgan videolavha tarqaldi. Unda haydovchi tanishi bilan salomlashish uchun mashinani yo‘lning o‘rtasida to‘xtatgani aks etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Buxoro shahridagi ko‘chalardan birida "Neksiya-3" rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tib, yo‘lning qatnov qismida to‘xtagani va bu qoidabuzarligi bilan boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga xalaqit berganligi holati aks etgan videolavha o‘rganib chiqildi.

“Mazkur video lavhadagi holat Buxoro shahar IIO FMB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganildi va qoidabuzar haydovchiga belgilangan tartibda chora ko‘rildi”, - deyiladi ma'lumotda.

YHXBB barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishini so‘rab, qoidabuzarlarga o‘rnatilgan tartib asosida chora ko‘rilishini eslatib o‘tgan.   

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tushirilayotgan shlagbaumga e'tibor bermagan ikki haydovchi YTHga uchragani xabar berilgandi.

Top