10:46 / 12.01.2021
26385

Samarqand viloyati hokimi davolanish ta'tiliga chiqdi 

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘ini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta'tilida. 

Samarqand viloyati hokimi qisqa muddatli davolanish ta'tiliga chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘ini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta'tilida bo‘lib turibdi.

Kun.uz axborot manbasining ma'lum qilishicha, Erkinjon Turdimov ayni vaqtda Toshkent shahrida bo‘lib, davolanish muolajalarini shu yerda olmoqda. 

Top