18:51 / 13.01.2021
7756

Dostonbek Hamdamov «An-Nasr» klubiga o‘tdi

Birlashgan Arab Amirligining «An-Nasr» klubi «Paxtakor» yarimhimoyachisi Dostonbek Hamdamov transferini e'lon qildi.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, Dostonbek Hamdamov «Paxtakor»dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. O‘zbekistonlik 24 yoshli hujumkor yarimhimoyachi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangan. 

Ma'lumot uchun, Dubayning «An-Nasr» klubi BAA Pro ligasi 12-turidan keyin 24 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Doston Hamdamov BAAdagi 3-legionerga aylanadi. Hozirda Otabek Shukurov (Sharja) va Azizjon G‘aniyev (Shabob Al-Ahli) ushbu chempionatda faoliyat olib bormoqda.

Top