18:49 / 18.01.2021
3555

O‘zbekistonda 300dan ortiq maktab va maktab filiallari qo‘lbola pechlar orqali isitilmoqda

O‘zbekistonda 162ta maktab va 156ta maktab filiali qo‘lbola pechlar orqali isitiladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston bo‘yicha mavjud jami 10008ta umumta'lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internatlarining 3310tasi tabiiy gaz manbalari orqali isitilmoqda. Shuningdek, maktablarning 23tasi suyuq yoqilg‘i, 6671tasi ko‘mir (briket), 4tasi elektr toki orqali isitiladi.

Ularning isitilish turi quyidagicha:

  • 1036ta maktab – markazlashgan issiqlik tarmog‘i orqali,
  • 8 810tasi – lokal isitish tarmog‘i orqali;
  • 162tasi – qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali.

Jami 1196ta maktab filialining 118tasi – tabiiy gaz, 1tasi – suyuq pech yoqilg‘isi, 1062tasi – ko‘mir (briket) yoqilg‘isi, 15tasi – elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi.

«Qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. Chunki qo‘lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga, o‘quvchilarga yaqin qilib o‘rnatilgan», degan vazirlik rasmiysi.

Top