20:00 / 18.01.2021
22162
Reklama

Samsung kompaniyasi O‘zbekistonda yangi Galaxy S21 seriyasiga oldindan buyurtma berish imkoni haqida e'lon qildi!

Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy S21 smartfonlarining yangi flagmani qatori bilan birga, simsiz quloqchinlar – Buds Pro va yangi SmartTag mahsulotini taqdim etdi, shuningdek yangi flagman uchun oldindan buyurtma qilish va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyati haqida e'lon qildi!

Galaxy S21 seriyasi

Samsung Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra mavjud chegaralarni kengaytiruvchi innovatsion mobil qurilmalar! Ushbu yangi mahsulotlar: professional darajadagi kamera tizimi, maksimal yorqinlikka ega bo‘lgan aqlli displey, shuningdek kuchli va nihoyatda tezkor bo‘lgan protsessor kabi yagona yechimlarni izlayotganlar uchun samarali tanlov bo‘lib xizmat qiladi.

Dizayn. Galaxy S21 seriyasi original va yorqin dizaynga ega bo‘lib, uni boshqa qurilmalardan ajratib turadi. Metall qobiqga organik ravishda uyg‘un joylashgan zamonaviy va original yechim Contour Cut Camera o‘zining nafis qiyofasi bilan e'tiborni jalb etadi.

Displey. Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlar, o‘zining beqiyos «aqlli» displeyi bilan maqtovga sazovor (Galaxy S21 diagonali 6,2 dyum, Galaxy S21+ esa 6,7 dyum va Galaxy S21 Ultra 6,8 dyumga ega) Dynamic AMOLED 2X yangilanish tezligi 120 Gs tengligi tufayli hayratlanarli darajadagi aniq va ravshan tasvirlardan bahramand bo‘lish imkonini taqdim etadi. Shu bilan birga, intellektual ekran avtomatik ravishda chastotani qurilmaning quvvati uzoq xizmat qilishi uchun kontentga qarab moslashtiradi.

Kamera. Seriyaning asosiy afzalliklaridan biri bu takomillashtirilgan foto va video imkoniyatlaridir. Galaxy S21 Ultra to‘rtta asosiy kameralar (yuqori darajadagi keng burchakli, keng burchakli va ikkitalik teleobektivli) mavjud bo‘lib, yangi 108 megapiksellik professional sensor 12 bitli ranglarga boy HDR-fotosuratlarni yaratib beradi. Bundan tashqari, Galaxy smartfonida ilk marotaba ham asosiy obektivlardan, ham old kameradan foydalangan holda soniyasiga 4K format tezlikdagi 60 ta kadr suratlarni olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Galaxy S21 Ultra'dagi tasvirni zumlash davrida uning sifatini yo‘qotishdan endi havotirlanishga hojat yo‘q: ikki optik teleobektivlarga ega bo‘lgan (3 karra va 10 karra) Space Zoom, uzoq masofalardagi tasvirlarni ham aniq ko‘rish imkonini taqdim etadi.

Innovatsiya. Galaxy S21 Ultra'ning takomillashtirilgan Bright Night texnologiyasi, bu – Samsung'ning kam yorug‘likda tasvirga olish uchun maxsus yaratilgan jiddiy innovatsion yangiligidir. Yaxshilangan tungi rejimi, shovqinlarni pasaytirish va 12 megapikselli Nona-binning texnologiyasi yordamida hattoki eng jiddiy kadrlarni ham – misol uchun: xira yoritilgan xonalar yoki tungi peyzajlarni – mukammal darajada aniq tasvirga olishi mumkin.

S seriyali smartfonlarda ilk bora innovatsion S Pen funksiyasi mavjud bo‘lib, uning yordamida Galaxy S21 Ultra'da rasm chizish, eslatmani yozish, fotosuratlarni tahrirlash va hujjatlarni imzolashga imkoniyati taqdim etilgan, S Pen Pro versiyasi beqiyos imkoniyatlarni taqdim etib, bir marta bosishdanoq guruhli selfini yaratadi!

Galaxy Buds Pro

Samsung jonli taqdimoti vaqtida, Galaxy Buds Pro mahsulotini ham namoyish etdi. Bu innovatsion quloqchinlar bo‘lib, keng ko‘lamli eshittirishni ta'minlovchi ikkita dinamika bilan jihozlangan. Uning asosiy afzalliklari: IPX7 standarti bo‘yicha suv o‘tkazmas va shovqinni bosuvchi intellektual AND tizimidir. Quloqchinning ushbu yangi modeli ovozingizni taniydi va gapirayotgan paytingizda avtomatik ravishda atrof-muhit rejimini yoqadi. Galaxy Buds Pro quloqchinlari bir vaqtning o‘zida Galaxy qurilmalariga o‘tishga imkon beruvchi avtomatik almashish xususiyatiga ega. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Galaxy Buds Pro – Samsung SmartThings Find tizimiga kiradi, ya'ni ularni Bluetooth signallari yordamida kuzatishingiz mumkin. 

Samsung Galaxy SmartTag

SmartTag – kerakli narsani topishga yordam beruvchi aqlli Bluetooth-treker. SmartTag'ni uyda tez-tez yo‘qolib qoluvchi narsalarga biriktirish, uni Bluetooth LE yoki UWB'ga ulash va SmartThings ilovasi orqali narsaning joylashgan joyini topish imkoniyati mavjud. Hajmi 4×4×1 sm, vazni 13 g.

Oldindan buyurtma berish

Yangi flagman uchun oldindan buyurtma berish 2021 yilning 14 yanvaridan 31 yanvarigacha davom etadi. Ushbu davrda Samsung Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlarga oldindan buyurtma bergan va oldindan to‘lovni amalga oshirgan mijozlarga Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlari va SmartTag-trekerlari sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Sotuv jarayoni 2021 yilning 5 fevral kunidan boshlanadi.

Yangi S21 seriyasining smartfonlarini xarid qilish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Yangi Galaxy S21 seriyasi, shuningdek oldindan buyurtma berish shartlari haqidagi batafsil ma'lumotlar bilan samsung.uz rasmiy veb-sayti yoki ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo‘llab-quvvatlash raqami: 7799

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top