10:50 / 18.01.2021
7141

Toshkentda YTH oqibatida «Spark» avtomobili ag‘darilib ketdi

Joriy yilning 18 yanvar kuni soat 06:45larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KHAY va Beruniy ko‘chalari kesishgan "Orzu" chorrahasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan I.E. boshqaruvidagi "Spark" va haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan O.M. boshqaruvidagi yana bir "Spark" rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida haydovchi O.M. boshqaruvidagi "Spark" avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa natijasida haydovchilar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Top