23:25 / 18.01.2021
6820

Tunisda to‘qnashuvlar: bir nechta shaharga armiya kiritildi, ommaviy hibsga olishlar boshlandi

Tunis ichki ishlar vazirligi vakili Xolid Hayuniyning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni 632 kishi qo‘lga olingan.

Tunisda uch kundan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar davomida 600dan ortiq namoyishchilar hibsga olindi. Namoyishchilar politsiya avtomobillarini yo‘q qilishmoqda, barrikadalar qurmoqda, kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari harakatlarini qiyinlashtirish uchun avtomobil ballonlari va chiqindi konteynerlarini yoqishmoqda, deb xabar berdi Euronews.

 Huquq-tartibot xodimlarining xabar berishicha, namoyishchilar shuningdek, do‘konlar, davlat idoralari va moliya muassasalarini talamoqda.

Tunis ichki ishlar vazirligi vakili Xolid Hayuniyning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni 632 kishi qo‘lga olingan.

Politsiya ommaviy tartibsizliklar qatnashchilarini tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda.

Tunis mudofaa vazirligi bir nechta shaharga qo‘shinlar kiritilganini ma'lum qildi.

O‘tgan yil dekabrida Tunis prezidenti Kais Said mamlakatda 2015 yilda kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini uzaytirish haqidagi farmonni imzolagandi

Top