12:36 / 19.01.2021
4593

Rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotganlar uchun «ishchi viza» xarajatlari qoplab berilishi mumkin

Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar bo‘yicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Loyihaga ko‘ra, rivojlangan davlatlar (Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Shimoliy Amerika davlatlari, Avstraliya va boshqalar)ga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga mazkur mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun «ishchi viza»ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilinadi.

Bundan tashqari, qarorga Labor-migration dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, xorijiy tillar yoki kasblarga o‘qigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga BHMning ikki baravari (446 ming so‘m) miqdorida subsidiya berish masalasini kiritish ham belgilangan.

Mehnat migrantlari ko‘p bo‘lgan davlatlarda konsulxonalar ochiladi

Top