12:19 / 19.01.2021
23479

Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Foto: Mirzacho‘l tumani hokimligi

19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Zafarobod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tib, unda prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, viloyat hokimi Ergash Soliyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, sessiyada viloyat hokimi so‘zga chiqib, Zafarobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ibrohim Qarshiboyev boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan Zafarobod tuman hokimi lavozimiga Nodirbek Muxtorovich Rajapov nomzodini tavsiya etgan. Ushbu taklif deputatlar tomonidan ma'qullangan.

Nodirbek Rajapov 2019 yil oktyabridan buyon Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

  • Ma'lumot uchun, Ibrohim Qarshiboyev 2018 yilning aprelida Zafarobod tumaniga rahbar etib tayinlangandi. Hozircha u qaysi lavozimga o‘tgani ma'lum qilinmadi.
  • Bundan avvalroq Mirzacho‘l tumani hokimi Komil Xolmurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga shu vaqtgacha «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Ahmedov tayinlangani xabar qilingandi. 
Mavzuga oid
Top