14:57 / 21.01.2021
16795

Tramp Baydenning inauguratsiyasiga bir soat qolganida BAA bilan qurol sotuvi bo‘yicha shartnoma imzolagan – OAV

BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishining yakuniy muddati hozircha tasdiqlanmagan, ammo avvalroq bu 2027 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.

F-35 / Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati saylangan prezident Jo Baydenning inauguratsiya marosimidan bir soat avval BAA bilan 50ta F-35 qiruvchi samolyotlari va 18ta dron sotilishi to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

"Shartnoma Baydenning prezident lavozimiga kirishishiga bir soatcha qolganida imzolangan", - deyiladi xabarda.

Shartnomani dekabrda imzolash mo‘ljallangandi, ammo muddatlar, samolyotlar narxi borasidagi noaniqliklar tufayli muzokaralar yanvargacha cho‘zildi. BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishining yakuniy muddati hozircha tasdiqlanmagan, ammo avvalroq bu 2027 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Tramp ma'muriyati Abu-Dabi Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga rozi bo‘lishi evaziga mazkur shartnomani imzolashga va'da bergan.

Mavzuga oid
Top