23:45 / 22.01.2021
5377

JSST 92 mamlakatga vaksina yetkazib berish uchun Pfizer bilan shartnoma tuzdi

JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesusning ma'lum qilishicha, shuningdek, AstraZeneca/Oxford COVAX doirasida 150 million doza vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. 

Foto: Picture Alliance

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVAX dasturi doirasida Pfizer/BioNTech bilan koronavirusga qarshi 40 million doza vaksina yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

"Bugun Pfizer va BioNTech COVAX bilan 40 million doza COVID-19 vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki shartnomani imzoladi. Dozalar 2021 yil davomida yetkazib beriladi", - deyiladi kompaniya xabarida.

 Qo‘shimcha qilinishicha, dastlabki dozalar 2021 yilning birinchi choragida yetkaziladi.

Pfizer va BioNTech vaksinalar teng taqsimlanishini ko‘zda tutuvchi COVAX tashabbusi doirasida 92 mamlakat uchun notijorat narxlarida vaksina yetkazib beradi.  

 JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesusning ma'lum qilishicha, shuningdek, AstraZeneca/Oxford COVAX doirasida 150 million doza vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. 

 U koronavirusga qarshi vaksina taqsimlanishi fevralda boshlanishini bildirdi. Bu yil dastur doirasida ikki milliard doza vaksina yetkazib berish rejalashtirilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top