08:46 / 22.01.2021
6632

YHXBB yo‘l harakati qatnashchilariga maxsus ma'lumot bilan chiqdi

Respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarib, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar va haydovchilar uchun bir qator noqulayliklar yuzaga kelayotganligi kuzatilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, hududiy YHXB va yo‘lga mas'ul xodimlar tomonidan yo‘lni qordan tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilib, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida yo‘lga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.

Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanish so‘ralgan.

Top