18:49 / 22.01.2021
12573

Yunusobod tumanida muzlama sabab 6ta avtomobil to‘qnashdi

Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:00larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod ko‘chasida joylashgan kafe ro‘parasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan X.X. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlikni pasaytirgan vaqtida uning ortidan kelayotgan, 1996 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi “Neksiya-3”, 1977 yilda tug‘ilgan N.R. boshqaruvidagi “Epika”, 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi “Neksiya-2”, 1993 yilda tug‘ilgan A.V. boshqaruvidagi “Matiz” va 1992 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobillari ishtirokida oldinma-ketin to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top