09:00 / 23.01.2021
26018
Reklama

Seoul Mun: 338 ta poydevor qoziqlari o‘rnatildi

Dream City Seoul Mun loyihasi qurilishi jarayonlari haqida ma'lumot beradi.

Dream City Development kompaniyasi ko‘chmas mulk egalari uchun qurilayotgan loyihaning rivojlanishidan xabardor bo‘lish qanchalik muhimligini hisobga olib loyihalarning qurilish maydonidagi yangiliklarni muntazam ravishda yetkazib borishni qoidaga aylantirdi.

Poytaxt markazida qurilayotgan zamonaviy Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazi bu jamoat va savdo maydonlarining yangi formati. Qurilishda eng yangi texnologiyalar va yetakchi xalqaro va mintaqaviy mutaxassislarning tajribalaridan foydalanilmoqda. Parallel jarayonlar va yuqori sifatli materiallar va texnologiyalar eng qisqa vaqt ichida va tez sur'atlarda ishonchli qurilish ishlarini tashkil etish imkonini beradi.

2020 yil kuzida boshlangan Seoul Mun loyihasi qurilishi hozirgi kunda kanalning janubiy qismida davom etmoqda. Birinchi bosqichda tuproq 505 ta temir-beton qoziqlar bilan mustahkamlandi. 2020 yil dekabr oyida esa tuproq ishlari butkul yakuniga yetdi. Tuproq loyihaning qurilish qismigacha qazilib, bugungi kunda poydevor ishlari davom etmoqda.

Seoul Mun loyihasi qurilishi jarayonida qoziq poydevorini quyish yakunlandi. Bu yerda umumiy chuqurligi 4056 metr bo‘lgan 338 ta qoziq o‘rnatildi. Bitta poydevor qozig‘ining diametri 650 mm. Beton eritmasi 12 metr chuqurlikka quyiladi. Qum va shag‘al aralashmasi bilan sirtni tekislash va beton qoplama quyish ishlari tugallandi.

Mutaxassislar devor tiklash ishlarini ham boshlashdi – hozirda oraliq devor o‘rnatilmoqda. Bu binolarni ushlab turuvchi qoziqlar va asosiy devor orasidagi oraliq qatlamdir. Ish ikki smenada va ob-havoning turli sharoitlaridan qat'iy nazar olib borilmoqda.

Seoul Mun – muvaffaqiyatli biznesingizning mustahkam poydevori!

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top