12:08 / 24.01.2021
28212

Foto: Zoyir Mirzayev – Maydanakda. Tog‘ ustida ko‘pkari va konsert tashkil etildi

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayevning Maydanak hududidagi sayyor qabullari ko‘pkari bilan yakun topdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, uloqda viloyat va tuman rahbarlari, tadbirkorlar va el kayvonilari tomonidan zot(sovrin)lar aytildi.

Viloyat hokimi va oila a'zolari qo‘ygan zot – 1 zotdor toy, 500 ming so‘m (hokimning turmush o‘rtog‘i nomidan), 1 televizor, 1 gilam, 1 mikropech, yana 1 million so‘mdan iborat bo‘ldi.

Zotga dehqonobodlik Dilshod polvon Qorato‘ra laqabli oti bilan ega chiqdi.

Foto: M.Komilov / Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: M.Komilov / Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: M.Komilov / Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: M.Komilov / Qashqadaryo viloyati hokimligi
Foto: M.Komilov / Qashqadaryo viloyati hokimligi

Tog‘li hududlarda bo‘lib, o‘sha yerda tunab qolgan viloyat rahbarlari sharafiga Katta o‘ra mahallasida konsert dasturi ham tashkil etildi.

Qamashi tumani markazidan 80 kmdan ortiq olislikda joylashgan Ko‘kbuloq qishlog‘i

Hokim Qamashi tumanidagi 29-maktabga musiqa asboblari sovg‘a qildi.

Top