16:49 / 26.01.2021
6865

O‘zbekistonga bir yilda qancha turist tashrif buyurgani ma'lum qilindi

2020 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaygan. 

2020 yilda O‘zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019 yilga nisbatan 76,3 foizga past.

O‘zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi: 

  • Qirg‘iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8 foiz); 
  • Qozog‘iston - 424,1 ming kishi (28,2 foiz);
  • Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4 foiz); 
  • Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4 foiz);
  • Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4 foiz); 
  • Ozarboyjon - 2,2 ming kishi (0,1 foiz); 
  • Belarus - 1,6 ming kishi (0,1 foiz).
Top