22:30 / 27.01.2021
22151

Yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish vazifasi DXXga yuklatildi

Shavkat Mirziyoyev yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiqlashtirish vazifasini Davlat xavfsizlik xizmatiga yukladi.

O‘zbekistonda yoshlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi o‘g‘il-qizlarning takliflarini «mahallabay» o‘rganmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar poytaxt va 6ta viloyatda 50 mingga yaqin yoshlar bilan muloqot o‘tkazilgan.

«Bildirilgan taklif va istaklar asosida tuman va shaharlar kesimida yoshlar dasturlari tasdiqlandi. Ushbu dasturlarning ijrosi hamda yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiqlashtirish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatildi», – dedi davlat rahbari 27 yanvar kungi selektorda.

Prezidentning qayd etishicha, vazifaning muhimligi inobatga olinib, DXX yoshlar muammolari bo‘yicha rejalarning joylarda amalga oshirilishini nazorat qiladi. Bu rejalar bajarilishiga ko‘maklashadi va lozim paytda mas'ullarga bajartiradi ham.

Top