14:16 / 29.01.2021
7037

«O‘zmetkombinat» AJ metallolom uchun jismoniy va yuridik shaxslar uchun foydali taklif!

Fuqarolar, korxona rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga!

Endilikda kombinat rahbariyati tomonidan qabul qilingan qaror asosida fuqarolar tomonidan topshirilgan metallolomning har bir kilogrammi uchun yagona narx 1200 so‘m etib belgilandi.

Keling, taxminiy daromadni hisob-kitob qilib ko‘ramiz!

Demak, siz oddiy fuqaro sifatida topshirilgan 1000 kg metall parchalari uchun 1,2 million so‘m ishlab olasiz. Metall parchalari og‘ir buyum bo‘lganligi uchun 1000 kg metall parchalarini yig‘ish unchalik ham mashaqqatli ish bo‘lmaydi.

  • 1000 kg – 1,2 million so‘m;
  • 10 000 kg – 12 million so‘m;
  • 100 000 kg – 120 million so‘m.

Biz ishonamizki, kichik qishlog‘ingizning o‘zidan bemalol 100 tonnadan ortiq turli-tuman temir jihozlar, metall parchalarini to‘play olasiz! Faqat, buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysangiz bas!

Shuningdek, yuridik shaxslardan metall parchalarini qabul qilish hajmiga qarab, quyidagi tartibda qabul qilish narxiga ustamalar (bonus) belgilandi:

  • 500 tonnadan 1000 tonnagacha topshirilganda sotib olish narxidan 5 % miqdorida;
  • 1001 tonnadan 1500 tonnagacha topshirilganda sotib olish narxidan 10 % miqdorida;
  • 1501 tonnadan yuqorisiga sotib olish narxidan 15 % miqdorida ustama qo‘shib to‘lanadi.

«O‘zmetkombinat» AJ siz topshirgan metallolomni qayta ishlab, xalq iste'moliga mo‘ljallangan keng turdagi xo‘jalik mollari, xususan, bazalt asosidagi issiqlik o‘tkazmas materiallari, po‘lat simlar va armatura, sirlangan po‘lat buyumlar, payvandlash elektrodlari hamda to‘rsimon va tikanli simlar va boshqa keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Qiziqdingizmi? Bugundan boshlang!

Eslatma 1: Agar sizda 200 kilogrammdan ortiq metallolom bo‘lsa, bizda manzilingizdan olib ketish imkoniyati mavjudligini e'lon qilamiz.

Eslatma 2: Mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida «Ikkilamchiqorametallar» boshqarmasi tomonidan yagona aloqa markazi (Call Center ish vaqti dushanbadan shanbagacha, 9:00 dan 18:00 gacha) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha kerakli ma'lumotlarni +998555010707 raqamidan olishingiz mumkin.

Eslatma 3: Hududiy filiallarda metallolom topshirish jarayonida muammoga duch kelsangiz, +998911903007 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

«O‘zmetkombinat» AJdan manfaatli takliflarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram: Telegram tashrif

Feysbuk: Feysbuk tashrif

Instagram: Instagram tashrif

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top