20:42 / 30.01.2021
6594

Maktab ta'limini rivojlantirish uchun g‘oyalar portali ishga tushirildi

Xalq ta'limi vazirligi maktab ta'limini rivojlantirish uchun g‘oyalar portalini ishga tushirdi. Portal orqali xalq ta'limi sohasini rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va takliflarni to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirlikka yuborish mumkin.

Xalq ta'limi vazirligi maktab ta'limini rivojlantirish uchun g‘oyalar portali – idea.uzedu.uz’ni ishga tushirdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy telegram-kanalida ma'lum qilindi.

Portal orqali xalq ta'limi sohasini rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va takliflarni to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirlikka yuborish mumkin.

Taklif yuborish uchun vebsaytda so‘ralgan ma'lumotlarni to‘ldirish kerak. Yuborilgan arizalar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi va murojaat egasi bilan bog‘laniladi.

Istiqbolli ko‘ringan g‘oyalarni amaliyotda ishlatish bo‘yicha uning egasi bilan ishlanadi.

Sayt statistikasiga ko‘ra, hozirga qadar 115ta g‘oyalar kelib tushgan.

Top