10:09 / 30.01.2021
6012

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida maxfiy axborotni almashish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi

Prezidentning 2021 yil 21 yanvardagi PQ-4958-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, bitim 2019 yil 28 may kuni Toshkent shahrida imzolangan. Davlat xavfsizlik xizmati bitimni amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilangan.
 
Tashqi ishlar vazirligiga Germaniya tomoniga bitim kuchga kirishi uchun O‘zbekiston tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani yuborish topshirilgan.
 
Hujjat 22.01.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top