14:47 / 30.01.2021
15730

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Akbarov Dilshod Shavkatovich Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Dilshod Akbarov Toshkent farmatsevtika institutining bakalavr va magistraturasini tamomlagan. Dori vositalari va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi DUK Farmakopeya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar u bir necha yil davomida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Investitsiya loyihalari monitoringini olib borish, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top