19:08 / 01.02.2021
7775

Statqo‘m hududlardagi palov narxlari haqida ma'lumot berdi

2021 yil yanvar holatiga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni Namanganda tayyorlanmoqda.

Foto: Uzbekistan Travel

Davlat statistika qo‘mitasi respublikaning markaziy hududlaridagi osh markazlarida o‘tkazgan kuzatuvlari natijasida palovning o‘rtacha narxlari haqida ma'lumot berdi.

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

2021 yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, eng arzon tayyor palov Namanganda tayyorlanmoqda. Bu yerda palovning bir porsiyasi 14,1 ming so‘mdan, bir kilogrammi 99 ming so‘mdan sotilmoqda.

Eng qimmat palov Toshkent shahrida. Poytaxtda palovning bir porsiyasi 18,8 ming, kilogrammi 131,6 ming so‘mdan sotib olish mumkin.

2020 yil dekabr holatiga nisbatan, palov narxlari Xorazm viloyatida 6,5 foizga, Samarqand viloyatida 3 foiz, Toshkent shahrida 2,4 foizga oshgan.

Top