00:04 / 02.02.2021
7040

Myanmalik harbiylar hukumatning 11 a'zosini o‘zgartirishdi

Foto: Reuters

Myanmada hokimiyatni qo‘lga olib, mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilgan harbiylar hukumatda yangi tayinlovlar amalga oshirishdi. Jumladan, hukmron partiya yetakchisi va tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Aun San Su Chji o‘rniga hamda yana 10 lavozimga yangi amaldorlar tayinlangan.

Harbiylarga tegishli “Myavaddi” televizion tarmog‘i ma'lumotlariga ko‘ra, Aun San Su Chji o‘rnini Vunna Maun Lvin egallagan. Shuningdek, ichki ishlar; mudofaa; chegara ishlari; rejalashtirish, moliya va sanoat; investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar; xalqaro hamkorlik; axborot; din va madaniyat ishlari; immigratsiya va aholi; sog‘liqni saqlash va sport vazirlari o‘zgartirilgan.      

1 fevralda Myanmada harbiylar mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan chetlatib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat kiritilishini e'lon qilishdi. Ular bu harakatlarini 2020 yil noyabrda o‘tgan parlament saylovlaridagi soxtalashtirishlarga javoblari ekani bilan tushuntirishgan. Jami 30ga yaqin amaldor, jumladan prezident Vin Min va saylovlarda g‘alaba qozongan partiya yetakchisi, mamlakat rahbari Aun San Su Chji hibsga olingan.

Mavzu
Myanmada harbiylar isyoni
1 fevral kuni Myanmada harbiylar mamlakatning amaldagi rahbari Aung San Suu Kyini hibsga olib, hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni Min Auing Hlaingga o‘tganini, bir yil davomida favqulodda holat rejimi amalda bo‘lishini e’lon qilishdi.
Barchasi
Top