22:32 / 03.02.2021
5084

«Intellekt» rukni mehmonlari eng yaxshi izohlarni aniqlashdi

Kun.uz 2020 yil so‘ngida «Intellekt» ruknini tashkil etgan va unda qator yutuqlarga erishgan vatandoshlar bilan intervyular tashkil eta boshlagan edi.

Loyihaning o‘ziga xos tomoni – uning mehmonlari YouTube'da e'lon qilingan intervyu ostida qoldirilgan izohlar orasidan o‘zlariga eng yoqqan komment egalariga sovg‘alar taqdim etib borishadi.

Ruknning dastlabki ikki mehmoni – Hikmat Abdurahmonov va Dinara Hakimova g‘oliblarni tanlashgani haqida bizga ma'lum qilishdi.

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov tanlagan uch nafar g‘olibga quyidagi sovg‘alarni taqdim etishga qaror qildi:

  • 1-o‘rin: Hikmat Abdurahmonov tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qish uchun yo‘llanma-sertifikat, TEAM (Toshkent) va LSBU (London) universitetlarining brend sumkasi va suvenirlar;
  • 2-o‘rin: «Ground Zero» kovorking markazidan bir oy bepul foydalanish yo‘llanmasi va suveniri;
  • 3-o‘rin: Hikmat Abdurahmonov dastxati tushirilgan kitob va «Humo partners» tomonidan taqdim etiladigan suvenir.

Hikmat Abdurahmonov tanlagan eng yaxshi izohlar:

1-o‘rin
2-o‘rin
3-o‘rin

G‘oliblarga sovg‘alar 10 fevral kuni, Toshkentning Markaz–1 dahasidagi «Ground Zero» kovorking markazi ochilish marosimida taqdim etiladi.

Aloha mental arifmetika maktabi asoschisi Dinara Hakimova o‘zi tanlagan izohlar egalarini quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlaydi:

  • 1-o‘rin: Aloha maktabining bir oylik kursida o‘qish uchun yo‘llanma va maktabning xalqaro dasturi sertifikati;
  • 2-o‘rin: Aloha maktabining brendi tushirilgan maxsus sovg‘alar to‘plami;
  • 3-o‘rin: Aloha brend suveniri va polo-futbolkasi.

Dinara Hakimova tanlagan eng yaxshi izohlar:

1-o‘rin
2-o‘rin
3-o‘rin

G‘oliblardan o‘z sovg‘alarini olish uchun loyihaning Telegram'dagi maxsus botiga (t.me/forintellekt_bot) murojaat qilish so‘raladi.

Top