09:11 / 03.02.2021
3226

Italiya bosh vaziri lavozimini Mario Dragi egallashi mumkin

Foto: AP

Italiya prezidenti Serjo Mattarella Yevropa markaziy bankining sobiq rahbari Mario Dragiga yangi hukumatni shakllantirishni taklif qildi. Bu esa Dragi Italiya hukumatiga rahbarlik qilishi mumkinligini anglatadi.
        
Mattarella Italiyada vujudga kelgan siyosiy inqirozni yengib o‘tish uchun pandemiya vaqtida muddatdan avval parlament saylovlari o‘tkazish imkoni yo‘qligini aytgan. 

Italiyada navbatdagi siyosiy inqiroz sobiq bosh vazir Matteo Rensining “Jonli Italiya” partiyasi hukmron koalitsiyadan chiqqandan keyin boshlandi. Tomonlar koronavirusga qarshi kurash fondidagi pullarni qanday sarflash bo‘yicha kelisholmay qolgan. Shundan keyin amaldagi bosh vazir Juzeppe Konte ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlovisiz qolgan hamda iste'foga chiqishga qaror qilgan.  

Top