20:01 / 03.02.2021
18860

Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha 13-sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati sobiq bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalar ustidan bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonlari 1 fevral kuni davom etdi.

Sudda ichki dorixona faoliyati va COVID-19'dan ekspress-testlar yuzasidan guvohlar ko‘rsatmalari tinglandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Shuningdek, L.Seijyelova va N.To‘rayeva moliyaviy ayblovlar bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Sud majlisiga kelmagan guvohlarning tergov davrida berilgan ko‘rsatmalarini sud raisi o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, yangi ochilgan holatlar yuzasidan sudga qo‘shimcha guvohlar jalb etilishi bo‘yicha iltimosnoma kiritildi.

Sud 2021 yil 8 fevralga qadar tanaffus e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top