21:00 / 04.02.2021
3705

AQShda mamlakatdagi barcha fuqarolarga niqob tarqatish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

Qayd etilishicha, ushbu g‘oya oxirgi kunlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan uchrashuvlarda bir necha marta olib chiqilgan.

Foto: Chip Somodevilla/Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati barcha amerikaliklarga to‘g‘ridan to‘g‘ri niqob jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib NBC xabar berdi.

Ayni paytda koronavirus muammosini yechish bo‘yicha Oq uy jamoasi mazkur loyihaning logistikasini baholamoqda, ammo bu boradagi yakuniy qaror hozircha qabul qilinmadi.

Qayd etilishicha, ushbu g‘oya oxirgi kunlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan uchrashuvlarda bir necha marta olib chiqilgan.

Bayden amerikaliklarni koronavirusdan himoyalanish uchun niqobdan foydalanishga chaqirmoqda.

U shuningdek, federal mulklar hududida va jamoat transportida niqob taqish ko‘zda tutilgan farmonlarni imzoladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 27,1 milliondan oshgan, 462 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Top