10:44 / 04.02.2021
25279

Prezident Farg‘onaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

Safar davomida qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, to‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bundan oldin Farg‘ona viloyatiga o‘tgan yili iyunda kelgan edi.

Top