08:09 / 06.02.2021
5535

«Moviy gumbazlar» xiyobonidagi daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab poytaxtdagi "Moviy gumbazlar" xiyobonida "Istiqlol" majmuasi bo‘yicha e'lon qilingan tanlov keng jamoatchilikda qizg‘in bahs-munozaralar keltirib chiqargandi. 

Foto: Ecopoytaxt

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holatni o‘rganish yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi hamda Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus ishchi guruhi tuzildi. 

Tuzilgan maxsus ishchi guruh ushbu xiyobonda batafsil o‘rganish ishlarini olib bordi. 

“Bu borada hech bir daraxt noqonuniy kesilmasligi borasida xodimlarga qat'iy ko‘rsatma berilib, xiyobondagi barcha daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilganligini ma'lum qilamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Toshkent shahri hokimligi “Moviy gumbazlar” xiyobonida “Istiqlol” majmuasi tashkil etilishi haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh bergandi.

Top