07:57 / 09.02.2021
4198

Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qayd etilishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi,yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top