16:33 / 09.02.2021
10623

Qozog‘iston Tojikiston va Qirg‘izistonga o‘q-dori hamda harbiy vositalar taqdim etishni mo‘ljallamoqda

Tojikistonga turli kalibrdagi patronlar, Qirg‘izistonga esa patronlar, snaryad va boshqa harbiy vositalar yetkazib berish mo‘ljallanmoqda.

Foto: mignews.com.ua

Qozog‘iston mudofaa vazirligi Tojikiston va Qirg‘iziston beg‘araz harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ikkita loyiha ishlab chiqdi. Bu haqda zakon.kz xabar bermoqda.

Loyihalarda  Tojikiston va Qirg‘izistonga harbiy mulk ko‘rinishida beg‘araz harbiy-texnik yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

 Qayd etilishicha, "taqdim etiladigan mulkdan foydalanilmayapti va ortiqcha miqdorda saqlanmoqda”.

Shu bilan birga, Qozog‘iston harbiy yuklarni Qirg‘iziston va Tojikistongacha yetkazib beradi.

Ta'kidlanishicha, Qirg‘iziston va Tojikiston Qozog‘iston taqdim etgan harbiy yordamni uchinchi tomonga bera olmaydi.

Ma'lumot berilishicha, Qozog‘iston Tojikistonga turli kalibrdagi patronlar, Qirg‘izistonga esa patronlar, snaryad va boshqa harbiy vositalarni yetkazib berishi mo‘ljallanmoqda.

Top